Island tili
Qiyofa
| Island tili | |
|---|---|
|
| |
| Milliy nomi | íslenska |
| Mamlakatlar | Islandiya[1] va Daniya[2] |
| Rasmiylik holati |
|
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 331,000 |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Hind-Yevropa |
| Alifbosi | lotin |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | is |
| ISO 639-2 |
ise (B) isl (T) |
| ISO 639-3 | isl |
Island tili — xind-yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga mansub gʻarbiy skandinav tillaridan biri. Islandiyaning davlat tili. I.t.da umuman 270 mingdan or-tiq kishi soʻzlashadi (1992). Bu til vakillari Islandiyada, bir qismi Kanada va AQShda istiqomat qiladi. I.t. deyarli shevalarga ega emas. XII—XIII asrlarda I. t. fonologik tizimida qisqa va choʻziq diftonglar (ikki unli to-vush birikmasi), portlovchi, jarangsiz undoshlar paydo boʻlgan. Urgʻu soʻzlarning birinchi boʻgʻiniga tushadi. I.t.da boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar kam. XI asr oxiri va XII asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |